Eldido guruhi yigitlaridan biri Dostonbek va serqirra ijodkor Dilshodbek Kattabekov shu yil O’zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutining magistraturasini muvaffaqiyatli yakunlab, qo’llariga magistrlik diplomini olishdi. Ikkala ijodkorni tabriklab, ularga ko’p- ko’p omad va barcha ishlariga rivoj, o’ylagan maqsadlariga albatta yetishishlarini tilab qolaman!
Ijodda hech ham tinib – tinchimas Eldido guruhi yigitlarini «So’nggi nafasimgacha» nomli o’zbek filmida ham ko’ramiz. Rejisyyor Sohib Abbosxonning filmi 26 iyul kuni katta ekranga chiqadi.
Qanday yuraklarini berishni bilmay, qanday sevishlarini aytolamay, yuraklari dilzor bo’lgan yigitlar «Hey yor» taronasini taqdim etishmoqda. Yoqimli ovozlar hamda dilkash navolarni diqqat bilan tinglaymiz!
Samida
KO'CHIRIB OLISH - СКАЧАТЬ (TAS-IX)
Muallif: Samida