O’zbek estradasining yorqin ijodkori, o’zining dilga yaqin taronalari ila ko’plab muxlislar mehrini qozonib kelayotgan xonanda Shoira Otabekova «Sog’lom bola» deya nomlangan qo’shig’ini tinglashga muyassar bo’ldik. Ushbu ijod namunasi xonandaning tobora yaqinlashib kelayotgan ulug’ bayramimiz – Mustaqilligimizning 23 yilligiga bag’ishlangan sovg’asi. «Sog’lom bola» qo’shig’ida dilbar xonandaning vatanga bo’lgan muhabbati va iftixori aks etgan.
Ayni damda Shoira Otabekova o’z ijodiy guruhi bilan hamkorlikda ushbu qo’shiqqa klipni suratga olish ishlari bilan band.
Videoklipni suratga olishdan tashqari xonanda bastakor va matn muallifi Rustambek Xudayberganov bilan «Yor-yor» nomli tarona ustida ishlamoqda.
Demak, hademay «Sog’lom bola» videoklipini tomosha qilgani va yangi «Yor-yor» qo’shig’ini tinglagani imkonimiz bo’ladi.
Shoira Otabekovaga ijodiy zafarlar tilab, premyeralarni kutib qolaman!
Samida
KO'CHIRIB OLISH - СКАЧАТЬ (TAS-IX)
Muallif: Samida