Kuni kecha bizni yangi «Sevgi sinovi» qo’shig’i bilan xursand qilgan nafosatli Manzura, endigida bu tarona uchun maxsus suratga olingan videoklipni ko’rish imkonini taqdim etdi.
Musiqa olamida nafaqat o’ziga xos ovoz egasi, balki ruxsorida ham bejirim did sohibasi – Manzura «Sevgi sinovi» videoklipida aynan shu jihatlarini yangicha talqin qilgan.
Klip syujet boshidanoq diqqat – e’tiborni jalb qiladi, keyingi soniyasida sizni nima kutishini qiziqish bilan kutasiz. Sevgan qalbni aldash oson albatta, buni bizga klipmeyker Narimon Sultonxodjayev «Sevgi sinovi» klipida ko’rsatib berishga, ishtirok etgan aktyorlar esa mahoratli ijro etib berishga harakat qilishgan.
Albatta har bir ijodkor musiqa asarini yaratga bizga yoqishi, bizning dilimizdan joy olishni hamda kuylagan har bir so’zi va ohangi yuragimizda aks etishini – uni tushunishimizni istaydi. Maftunkor va dilbar Manzura ham aynan shu istakda, hayajon bilan sizning e’tirofingizni kutmoqda!
Samida