Shou – biznes olamiga kirib kelganiga hali ko’p vaqt bo’lmasada xonanda Mirjon Ashrapov bizlarni hayratda qoldirishga shaxdam qaror qilgan. O’zining sho’x va kayfiyatni ko’taradigan «Liki liki» taronasi bilan doim yodimizda bo’lsada, Mirjon yana syurpriz tayyorlagani haqida yozib o’tgan edim. Yurtimizga naq Ozarbayjondan maxsus tashrif buyurgan Ozarbayjon yulduzi Elnur Valeh yosh ijodkor bilan birga kuylash istagini bildirgan. Mexmon tashrifidan kichik videolavha bilan Mirjon biz bilan baham ko’rishib hamda bizning kutilayotgan natija, fikr, yaxshi va biroz keskin mulohazalarimizni kutib qolmoqda.
Samida