Barchamizga tanish Piter Parker yangi qissada – «Новый Человек – паук: высокое напряжение» («Yangi O’rgimchak – odam: yuqori kuchlanish»). Fentazi, boyevik va sarguzashtlar janrida olingan film o’zining elektr musiqa, ketvorgan grafika, hazil – mutoyibalari bilan sizning e’tiboringizni tortadi.
Orgimchak – odam rolida – «Ijtimoiy tarmoq» («Социальная сеть») filmidan bizga tanish bo’lgan Endryu Garfild, yovuz Elektroni esa – «Django ozod qilingan» (« Джанго освобождённый») filmidan tanish Djemi Fokslar ijro etishgan.
Piter Parker O’rgimchak – odam qiyofasida doimgiday dunyoni yovuzlar va jinoyatchilardan qutqaradi, bo’sh vaqtini esa sevgani, Gven bilan o’tkazadi. Ammo maktab vaqti yakunlanid oldinda qahramonlarni katta hayot kutmoqda. Piterning Gvenning otasiga bergan va’dasi yodida, uning hayotidan umuman chiqib ketish va uni xavf – xatardan yiroq qilish, lekin bergan va’dasini ustidan chiqish oson emas.
Taqdir Piterga syurprizlar tayyorlagan: uning yolida yangi raqib – Elektro, va yana eski birodari Garri Ozbornni uchratadi va oilasi haqida ko’p narsalarni bilish nasib qilgan.
Qachon bo’lmasin O’rgimchak – odam bizni befarq qoldirmaydi!
Samida