Estradamizning maftunkor va o’zining qaytarilmaydigan stiliga ega Manzura muxlislar e’tibori markaziga yangi «Asra baxtimizni» deb nomlangan taronani taqdim etadi. Klipning g’oya va musiqasi mualifi xonandaning o’zlari bo’lib, klip davomida Manzuraning Bali orollining eng go’zal joylarida olingan suratlar to’plamini ko’ngilni maftun etadigan ohanglar ila kutib olamiz.
Bahor – sevgi-muhabbat fasli va unda bu kabi taronalar yangrashi ayni maddao!
Klipni tamosha qilamiz, Manzuraning beqiyosligiga yana bir bor tan berib, ohanglar ila Bali oroli haqida hayol suramiz!
Samida