Reklama
Скоро в кино

22:39

Sevara Nazarxon sevgidan qaytmaydi!

Sevara Nazarxon sevgidan qaytmaydi!
Проголосуй: Мне не нравится Мне нравится

Shu kunlarda Rossiya estradasining Primadonnasi Alla Pugachyova yubiley kunini nishonladi. Musiqiy olamda xonanda naqadar muhim rol o’ynaydiki unga bag’ishlab ko’p ko’rsatuvlar, qo’shiqlar, tabriklar  va eng samimiy so’zlar bag’ishlanadi. Ular ichida «Xuddi o’zginasi» («Точь в точь») ko’rsatuvi. Bu safargi dasturda ishtirokchilarni tanib bo’lmaydi, vokal va aktyorlik o’yiniga esa teng kelib bo’lmaydi.
«Xuddi o’zginasi» degan gap xonanda Sevara Nazarxonga ham tegishli bo’ldi. Ijodkor Alla Borisovnaning «Sevgidan kechmaydi» («Не отрекаются любя») nomli qo’shig’ini kuylab nafaqat eng yuqori bo’lgan ballarga, balki Alla Pugachyovaning e’tirofiga sazovor bo’ldi.
Umuman olganda «Xuddi o’zginasi» ko’rsatuvining har bir dasturu bizning ruhiyatimizni shod va kayfiyatimizni ko’tarinki qilmoqda. Qiziqish bilan keyingi dasturlarda Sevara Nazarxon va boshqa ishtirokchilarning chiqishini kutib qolaman.

Samida










578, средняя 4.8 из 5



Комментариев (0) | Дата: 21.04.2014, 22:39
Комментарии

Комментарии UzGlobal.net:


Конструктор сайтовuCoz