Rio-de-Janeyrodagi «Marakana» stadionida bo'lib o'tadigan 2014 yil futbol bo’yicha Jahon Chempionatining yopilish marosimida kolumbiyalik xonanda ishtirok etadi.
Esingizda bo’lsa, avval ham Shakiraning kompozitsiyasi Jahon Chempionatining rasmiy madhiyasi bo’lagn. Shunday qilib, 2010 yili JARda bo’lib o’tgan Jahon Chempionatida xonanda Freshlyground guruhi bilan birgalikda «Waka Waka (This Time for Africa)» qo’shig’ini ijro etgan.
13 iyul kuni esa taniqli pop – xonanda Shakira Braziliyalik muzikant va xonanda – Karlos Sanata bilan birgalikda stadionga chiqadi va chempionatning rasmiy madhiyasi – «La La La (Brazil 2014)» trekini ijro etadi.
Takidlash joizki, hozirda bu kompozitsiya shu qadar ommabopki, uni 2014 futbol bo’yicha Jahon Chempionatining qo’shiqlar to’plamiga ham kiritishgan.
Va yana, bu yilgi yopilish marosimi vaqtida meksikano – amerikalik gitarachi Karlos Santana, amerikalik Vayklef Jan va braziliyalik Aleksandr Pireslar chiqishini ko’ramiz. Ular 2014 futbol Jahon Chempionatining rasmiy madhiyasini «Dar Um jeito», tarjima qilganda «Biz yo’l topamiz»ni ijro etishadi. Marosimni sambosiz tasavvur qilish qiyin albatta, shuning uchun ham tomoshabinlarni Rio-de-Janeyr0ning sambo maktabi raqqoslarining chiqishlari ham kutmoqda.
Samida