Yaqinda yangi «Yorim» deb nomlangan taronasini premyera qilgan Munisa Rizaeva unashtirilgani haqida «Instagram» da ma’lum qildi. Bu juda ajoyib xabar! Estradamizning eng go’zal va iste’dodli xanandaliridan biriga baxt tilab qolaman. Munisa Rizaevaning bo’lajak turmush o’rtag’i ham shou-biznes olamida taniqli shaxslardan biri – Jasur G’oipov. To’y kuni bahor faslining so’nggi kuniga rejalashtirilgan.
Osmonimiz musaffo, yurtimiz tinch va bu kabi yaxshi-yaxshi xabarlar doim bizni quvontirsin!
Samida