|
Siz ham ajdaringiz bo’lishini istarmidingiz?!
Проголосуй:
12 iyun kuni nafaqat uzoq to’rt yil mobaynida kutilgan 2014 Jahon Futbol Chempionati start oldi, balki katta ekranlarga kattayu - kichik mazza qilib tomosha qiladigan «Ajdarning bo’ysundirilishi 2» («Как приручить дракона 2») multfilmi chiqdi.
«Ajdarning bo’ysundirilishi 2» - «DreamWorks Animation» studiyasining to’la metrajli animatsion filmi. Britaniyalik shoira Kressidi Kouellning nomdosh kitoblari motivi asosidagi rejissyor Din Debluaning multfilmidir.
Studiya multfilmda ilk bor «Primo» va «Torch» deb nomlangan, animatsiya va yoritish uchun yaratilgan yangi dastiriy ta’minotidan foydalangan. Dastur qahramonlarning mimikasini yanada chuqquroq ishlab chiqarishga, hattoki teri ostidagi mushaklarning harakati kuzatsak bo’lar ekan.
Multfilm haqida:
Vikinglar va ajdaholar yarashganidan beri oradan besh yil o’tdi. Astrid, Smorkala va boshqa yigitlar vaqtlarini oroldagi eng yoqimli mashg’ulot bilan shug’ullangan holda, ajdar poygalarida ishtirok etish bilan o'tkazishadi. Shu vaqtda esa Ikking hamda Tishsiz osmon bo’ylab kezib hali hech kim bilmagan joylarning xaritasini tuzishadi. Sarguzashtlarning biri ularni avval tanish bo’lmagan, yuz xil ajdarlar yashaydigan muz g’orga olib kelganda, ikki do’st tinchik uchun kurashda birga turishadi.
Samida
Комментариев (0) | Дата: 13.06.2014, 18:35
Комментарии UzGlobal.net: