Yaqinda Alisher Navoyi nomli kino saroyda «Sevgi, balki bu jannat» filmining premyerasi bo’lib o’tdi. Bu film uchun saundtrekning matni va musiqasini Sarvar va Komil yaratishgan, Ulug’bek Rahmatullayev esa mohirona ijro etgan.
Bu gal ijodkor bizga «Sevgi, balki bu jannat» saundtrekiga olingan videoklipni taqdim etdi.
Klipda filmdan parchalar ko’rishingiz mumkin va bosh qahramonlar xis etgan tuyg’ular sizni befarq doldirmasligi aniq. To’g’risini aytganda videoklip juda hayajonli va biroz qayg’uli syujetga ega.
Eslatib o’taman filmda bosh rollarni Yigitali Mamajanov va Yulduz Rajabova ijro etishgan. Filmda bosh qahramon balaligidan ota-ona mehrisiz bolalar uyida katta bo’lgan. Hayotida davomida o’z oldiga sof mehnat yuzasidan ko’p narsalarga erishishni niyat qilib qo’yganu, lekin hayot shundayin kutilmagan narsalarga jud qilib qoyadi deb o’ylamagan ham. U oddiygina qiz emas aqilli va go’zal, boyvachcha qizni uchratib sevib qoladi… Xulllas bu qahramonlarni klipda ham kuzatishimiz mumkin.
Samida