Bu galgi «Golos. Bolalar» («Голос. Дети») dasturida Maksim Fadeyev jamoasini uchta ishtirokchidan iborat beshta kichik jamoaga bo’ldi. Hamyurtimiz Shuhrat Turdixo’jayev birinchi uchtalikda, Anna Yegorova va Darina Ivanova bilan birgalikda qatnashdi. Yosh ijodkorlar XX asrning obrazini to’la – to’kiz namoyon etishga sazovor bo’ldilar. Ularning «Потанцуем, Джек!» (Hit the road, Jack!) qo’shig’i barcha – barchani kayfiyatini yuz foizga ko’tarib, raqslari va o’zlarining sahnada tutishlari esa: Hech qanaqa bola emas ular! Haqiqiy talant! Va professionallar! degan so’zlarni hakamlar tomonidan aytilishiga sabab bo’ldi. Xa, ustozlari Maksim Fadeyevga qiyin bo’ldi, ahir u nafaqat bolalarni tayyorlab va bor mehrini berib kelgan, u ishtirokchilar ichida finalda ishtirok etish uchun eng munosibini tanlashi kerak edi. Afsuski, bizning Shuhrat finalda qatnashmas ekan. Ustozlari finalga o’ta olmaganlarga hech ham xafa bo’lmasliklarini, ular bilan bundan keyin ham ishlashini aytdi.
Endi biz Shuhratni «В контакте» ijtimoy tarmog’ida yaratilgan «Голос. В контакте» konkursida ovoz berib qo’llasak bo’ladi.