Shu kunda barcha futbol fanatlari 2014 Jahon Futbol Chempionatini kuzatish bilan band. Musiqa olami ijodkorlari esa tinim bilmay harakatdalar. Barchamizga yoqishga ulgurgan «Navo» kanali o’z madhiyasini tarannum etishni rejalashtirgan va albatta uni kuylashga yulduzlarimizni jalb qilgan. Gozal Shahzoda, maftunkor Manzura, iqtidorli «Eldido» guruihi yigitlari va ko’plab boshqa taniqli xonandalar ishtirok etishgan. Demak yaqin kunlarda biz nafaqat o’zbek va xorijiy videoklip va konsert dasturlarni tomosha qilamiz, balki «Navo» kanalining madhiyasini ham tinglashga muyassar bo’lamiz.