Prodyusser Mirshod Radjabov va rejissyor Akrom Shahnazarovning «Yurak yig’lar» filmini tomosha qilishni ko’plar rejalashtirib uni tezroq ekranga chiqishi besabirsizlik bilan kutib qolishmoqda.
Kuni kecha «Benom» guruhi ijodkorlari Sarvar va Komil kinokartina uchun yozilgan saundtrekga Akrom Shahnazarov boshchiligida klipni suratga olishdi. Yigitlar nafaqat maxsus saundtrekni kuylashgan, balki filmdagi bosh qahramonlar Sarvar – Ali va Komil – Behruz obrazlarini namoyon etib berishgan. Xa, aytgandek ijodkorlarning iqtidorli shogirdi ParviZ ham saundtrekni birga ijro etib «Yurak yig’lar» filmida Alining yaqin do’stlaridan biri bo’lgan.
Syomkalardan tashqari yigitlar yangi «Yog’adi yomg’ir» filmi uchun saundtrekni sizning e’tiboringizga taqdim etishadi. Saundtrek uchun she’r va musiqasini o’zlari yozishgan va yaqin vaqt ichida unga videoklipni ham suratga olishni rejalashtirishgan.
E’tiboringiz markazida «Benom» guruhining «Yurak yig’lar» taronasi
Samida