18 aprel kuni soat 18.00 da Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida «Zarb» filmining premyerasi bo’lib o’tadi.
Avval yozganimdek, bu film oddiygina doirachi emas, balki har tamonlama iste’dodli inson haqida aytib beradi. Filmda vaqt o’tgan sayin bir - biri bilan tig’iz munosabatdagi iktta ijodiy kishining turmushi ko’rsatilgan. Bosh qahramon o’ziga hech qachon shogird olmagan, lekin bu bolada ko’p iste’dod ko’radi va unga nafaqat ustoz sifatida qaraydi, balki otalik mehrini ham beradi. Hozirgi vaqtda bu qadar o’z ishini sevadigan insonlar kam.
Film rejissyori Nozim To‘laxo‘jayevning aytishicha syomka maydonida aktyor Murod Rajabovdan doirachi haqidagi drama hikoyani eshitgan va iqtidorli insonlarni yig’ib filmni suratga olgan.
Premyera 18 aprel kuni soat 18.00 da Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida, 19 aprel kuni G’uncha kinoteatrida bo’ladi.
Samida