Tavsif: Bir guruh yosh kinoijodkorlar tomonidan yangi film suratga olindi. «Janob hot-dogchi» deb nomlangan ushbu film rejissori «Dizayn» kulgu jamoasi vakili Qobil Karimberdiev hisoblanadi. Film prodyuseri esa kutilmagan ijodkor: Sherzod BIN. Aslida biz Sherzodni qiziqchilik va aktyorlik qobiliyatlaridan yaxshi taniymiz. Endi esa u prodyuser! «Janob hot-dogchi» nomli kinokomediyada siz Shahzoda Muhammedova, Sherzod BIN, Muhammad Iso Abdulhayirov, Sitora Alimjonova, To’xtamurod Azizov kabi bir qator ajoyib kinoijodkorlarni ko’rishingiz mumkin