Reklama
Скоро в кино

18:44

Fantastikani hush ko’radiganlar e’tiboriga!

Fantastikani hush ko’radiganlar e’tiboriga!
Проголосуй: Мне не нравится Мне нравится

Yaqin kunlarda kinoteatrlarda barchamizga tanish va barchamiz yoqtiradigan Marvel komeksining supergeroylar jamoasi - «Люди Икс» filmining yettinchi qismini tomosha qilamiz. «Люди Икс: Дни минувшего будущего» kino olamining eng sara va iqtidorli aktyorlari: MAykl Fassbender, Djeyms MakEvoy, Xyu Djekman, Djennifer Lourens, Ien MakKellen, Xolli Berri va yana  shu kabi ko’plab iqtidorlilar.
Film syomkalari 2013 yilning 15 aprel kuni Monrealda boshlanib shu yilning avgust oyida yakunlangan. Kelib chiqishi avstraliyalik bo’lgan Gollivudning 45 yoshlik  aktyori Xyu Djekman katta ekranda haqiqat ila kurashuvchi dovyurak qahramon taasurotini yaratadi, ammo yaqinda bergan intervyuda real hayotda qorong’ilikdan qorqishini aytib berdi.
Djekmanning aytishicha, oilasida bolalar paydo bo’lishganda u qanday ota bo’lishi haqida juda ko’p qayg’urgan. Hattoki bu boradagi kitoblarni ham o’qib chiqqan ekan. Vaqt o’tgach o’ylab qarasa bu qorquvlar bolaligidan qolganligini aniqlagan. Bolaligida aktyor balandlik va qorong’ilikdan qorqqan ekan. Aynan shu qorquvlar Djekmanga «Люди Икс» filmidagi Rosomaxa rolida kerak bo’lgan, rol asosida shu qorquvlarni qo’ygan ekan. 
Qisqacha film haqida aytib o’tsam.
Kelajakda – mutantlar yashaydigan qurolsizlantiradigan lager. Hozirda – Magneto boshchiligidagi yovuz mutantlar ittifoqi bilan cheksiz qarama – qarshiliklar. O’tmishda – Soqchilarning hukumronligini, yani mutantlarning yaqinlashib kelayotgan izolaytsiyasi oldini olish imkoni. Kelajakda yashaydigan Kitti Prayd vaqtlar aro sayyohat qilish qobiliyatlari yordamida endigi mutantlarni ularni nimalar kutayotganligi haqida ogohlantiradi. Lekin buning o’zi kam, ahir kelajakdan shu vaqtga yovuzlik kuchlari ham yetib kelishgan.

Samida

 










578, средняя 4.8 из 5



Комментариев (0) | Дата: 20.05.2014, 18:44
Комментарии

Комментарии UzGlobal.net:


Конструктор сайтовuCoz