Ulug’bek Rahmatullayevning cheksiz muxlislari hamda haqiqiy musiqa shinavandalari kutib kelayotgan «Kabutarlar» videoklipi tayyor bo’lish jarayonida. Jamshid Xojiniyozov g’oyasi asosida mashhur klipmeyker Yodgor Nosirov tarona uchun klipni suratga olishdi. Videoklipda XX asrning 80 yillarini, klip qahramonlarini oq – qora stilda, romantik sahnalarda ko’rar ekanmiz.
Sevgi – muhabbat elchilari – «Kabutarlar» klipning eng samimiy va yorqin sahnalariga jalb qilingan. Lekin doim ham hammasi ssenariy bo’yicha ketavermaydi.
Mana klip olish jarayonida bir qarasang kayfiyatni ko’taruvchi ham tashvishlantiruvchi voqea yuz berdi. O’rgatilgan va ajoyib chiroyga ega, oppoq kabutarlar hech kim kutmagan holda suratga olish maydonidan uchib ketishdi. Avval ijodiy guruh kabutarlarning qaytishini yuzida tabassum va umid bilan rosa kuttiyu. Kabutarlarning egasi qushlarining qimmat baholigini, har biri naq bir million so’mligini ma’lum qilganida, rejissyor Yodgor Nosirovdan tortib barcha – barcha lol qolishdi. Eng asosiysi esa qaytib kelmagan, oppoq qushchalar hali yana bir sahnada tushishlari kerakligi. Yaxshiyamki, ularga o’xshah kabutarlar topilib ular ishtirokidagi qolgan sahnalar suratga olindi.
Samida