Mana o’quv yili ham yakunlanib bormoqda. Ayni so’nggi qo’ng’iroq chalinib bitiruvchilar yangi hayotga qadam qo’yishlaridan avval Mohim bizlarga o’zining «Sinfdosh» deb nomlangan taronasini taqdim etmoqda. Taronani tinglab maktab davrini, birinchi ustoz va sinfdoshlaringizni eslashingiz aniq. Rostini aytganda «Sinfdosh» qo’shig’i samimiy so’zlar va yoqimli musiqasi bilan o’ziga rom etadi.
Mohimga bunday usulda kuylash juda yarashgan. Yaqindagina o’zining milliy an’anada kuylangan «Sevaman» videoklipini premiera qilgan xonanda hech charchoq nimaligini bilmay ijod bilan mashhur.
Samida